MUSTAQILLIK DAVRIDAGI ILMIY IZLANISHLAR: BOLALAR ADABIYOTI DISSERTATSIYALARIDA YANGI MAVZULAR, ZAMONAVIY SHAKLLAR VA PEDAGOGIK YO‘NALISHLARNING SHAKLLANISHI

Authors

  • Osiyo Jaylobova Yorqinjon qizi Author

Abstract

Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti, jumladan bolalar adabiyoti taraqqiyotida tub burilish yasadi. Ushbu davrda yaratilgan dissertatsiyalarda milliy g‘oya, ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy pedagogik mezonlarni aks ettirish, bolalar dunyoqarashi va estetik didini shakllantirish masalasi markaziy o‘ringa chiqdi.

Mustaqillikdan keyingi bosqichda bolalar adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda quyidagi yo‘nalishlar alohida e’tiborga loyiq:

  • Yangi mavzularning shakllanishi:

Dissertatsiyalarda mustaqillik g‘oyasi, Vatan va milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, zamonaviy bola obrazini shakllantirish masalasi keng tadqiq etildi. Xususan, istiqlol yillari bolalar adabiyoti asarlarida Vatan, tarixiy ajdodlar, an’anaviy urf-odatlar va zamonaviylikning uzviyligi masalasi chuqur yoritildi.

Published

2025-06-30

How to Cite

Osiyo Jaylobova Yorqinjon qizi. (2025). MUSTAQILLIK DAVRIDAGI ILMIY IZLANISHLAR: BOLALAR ADABIYOTI DISSERTATSIYALARIDA YANGI MAVZULAR, ZAMONAVIY SHAKLLAR VA PEDAGOGIK YO‘NALISHLARNING SHAKLLANISHI. PEDAGOGS, 84(1), 328-330. https://scientific-jl.com/ped/article/view/23867