ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Elektron tijorat, elektron to‘lov tizimlari, raqamli iqtisodiyot, onlayn savdo, internet-banking, mobil to‘lovlar, elektron hamyon, fintex (fintech), kriptoaktivlar, blokcheyn texnologiyasiАннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning shakllanish tarixi, zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan onlayn savdo-sotiqning hajmi ortib borayotgani, biznes subyektlari va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yangi shakllari paydo bo‘layotgani qayd etiladi. Shuningdek, elektron to‘lov tizimlarining turli ko‘rinishlari – mobil ilovalar orqali to‘lovlar, elektron hamyonlar, internet-banking, kriptovalyutalarga asoslangan to‘lovlar va NFC texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Maqolada elektron to‘lov tizimlarining ishonchliligi, xavfsizlik darajasi, texnik infratuzilmasi, foydalanuvchilar uchun qulaylik darajasi, shuningdek ularning qonunchilik asoslari hamda davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga katta turtki berayotgan elektron tijorat platformalari va elektron to‘lov tizimlari, ularning milliy iqtisodiyotdagi roli, hamda xalqaro tajribalar bilan taqqoslash asosida takliflar ilgari suriladi.
Библиографические ссылки
1. Jo‘rayev A., Xolbo‘tayev M. Elektron tijorat asoslari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2020.
2. To‘xtayev B.X. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021.
3. Sodiqov A.S. Moliyaviy texnologiyalar va elektron to‘lov tizimlari. – Toshkent: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019.
4. Mamatqulov B.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2022.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. – rasmiy hujjatlar to‘plami, 2020.