INGLIZ TILINI MEDIA ORQALI O‘QITISH METODIKASI (AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARI TA’LIMI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: media, interaktiv ta’lim, ingliz tili, akademik litsey, audiovizual materiallar, didaktik metodlar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilini media vositalari orqali o‘qitish metodikasi akademik litsey sharoitida tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida texnologik vositalarning ahamiyati ortib borayotgani sababli, media texnologiyalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida ingliz tilini o‘qitishda audio va vizual materiallarning ta’siri, interaktiv ta’lim usullarining samaradorligi va media vositalari yordamida lingvistik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar asosida media orqali o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, akademik litsey o‘quvchilari uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari media vositalarining o‘quvchilarning lingvistik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi hamda ingliz tilini o‘qitish jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklarini ochib beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Richards, C., & Rodgers, T. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press. 2014.
2. Leech, G., & Svartvik, J. A Communicative Grammar of English. Longman. 2002.
3. Mavlonova, N. O‘zbekistonda interaktiv ta’lim vositalari orqali ingliz tilini o‘qitish. Toshkent: Fan nashriyoti. 2019.
4. Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. Pearson Education. 2007.
5. Krashen, S. Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon Press. 1982.