KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI INKLYUZIV BOLALARNI O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Inklyuziv ta’lim, bolalar psixologiyasi, o‘quv motivlari, motivatsiya shakllantirish, kichik maktab yoshlari, pedagogik metodlar, individual ehtiyojlar, o‘quv jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’limda motivatsiya.Abstract
ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi inklyuziv bolalarni o‘quv motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi – barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratishdir. Kichik maktab yoshidagi inklyuziv bolalar uchun o‘quv motivlarini shakllantirishda psixologik yondashuvlar juda muhim. Tezisda o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda motivatsiyaning oshirilishi uchun pedagogik metodlar va psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek olimlarining fikrlariga asoslanib, inklyuziv ta’limdagi o‘quvchilarning psixologik motivatsiyasini oshirishning muhimligi ta’kidlanadi. Tadqiqotda amaliy tahlillar, so‘rovlar va pedagogik kuzatuvlar metodlari qo‘llaniladi.