INGLIZ VA O’ZBEK XALQ ERTAKLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Authors

  • Ortiqova Zebiniso Sunnatullo qizi Author
  • Yusupova Muxayyo Irkinovna Author

Keywords:

Xalq ertaklari, Zumrad va Qimmat, Sinderella, mehr-oqibat, ezgulik, madaniy qadriyatlar, bolalar tarbiyasi, sehrgar obrazi.

Abstract

Ushbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni yoritiladi. Asarda o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” hamda ingliz xalq ertagi “Cinderella” (Sinderella) syujeti, qahramonlari va mazmun jihatidan qiyosiy tahlil qilinadi. Ikkala ertakda ham mehribonlik, sabr-toqat, ezgulik kabi fazilatlar targ‘ib etilishi, sehrgar ayol obrazining mavjudligi va bosh qahramonlarning sinovlardan so‘ng baxtga erishishlari ularning umumiylik jihatlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ularning insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdagi rolini ochib beradi.

Author Biographies

  • Ortiqova Zebiniso Sunnatullo qizi

    Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o‘quvchisi

  • Yusupova Muxayyo Irkinovna

    Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi

Published

2025-05-03