PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MA'MURIY CHEKLASH CHORALARINI QO'LLASH FAOLIYATI
Keywords:
Profilaktika inspektori, ma'muriy cheklov, ma'muriy choralar, huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki ishlar organlari, huquqiy ta’sir choralari, tergovga qadar tekshiruv, huquqiy tartibot, jamoat xavfsizligi, ma’muriy ish yuritish, jinoyatchilik profilaktikasi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy mexanizmlar, ijtimoiy nazorat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ogohlantiruvchi yondashuv, kriminogen vaziyat, prevensiya choralari, jamoatchilik bilan hamkorlik.Abstract
Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta'minlashdagi o‘rni, xususan, ularning ma'muriy cheklash choralarini qo‘llash faoliyati keng yoritilgan. Maqola dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida profilaktika inspektorlarining huquqiy maqomi, ularning vakolatlari, qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladigan ma'muriy cheklov choralarining mazmuni va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Profilaktika inspektorlarining faoliyati “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksi kabi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Maqolada aynan shu qonunchilik asosida inspektorlarning vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlari, ularning xizmat vazifalari doirasida ma'muriy cheklov choralarini qo‘llashdagi muammolar, mavjud to‘siqlar, amaliy tajriba va sud-huquq amaliyotidagi holatlar tahlil qilinadi. Ma’muriy cheklov choralari sifatida fuqaroga yashash joyini tark etmaslik, muayyan shaxslar bilan muloqotda bo‘lmaslik, ma'lum joylarga bormaslik, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kabi choralar qo‘llanishi mumkin. Ushbu choralar, bir tomondan, huquqbuzarliklarning oldini olish, ikkinchi tomondan esa, shaxsning erkinliklarini asossiz cheklamaslikka qaratilgan. Shuning uchun maqolada ushbu choralarni qo‘llashda qonuniylik, asoslanganlik, maqsadga muvofiqlik kabi prinsiplarning rioya etilishi muhimligi ta’kidlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ba'zi hollarda profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy cheklov choralari noto‘g‘ri yoki asossiz qo‘llanilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat inson huquqlarining buzilishiga, balki jamiyatda ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Shu munosabat bilan maqolada bu boradagi nazorat va javobgarlik mexanizmlari, shuningdek, profilaktika inspektorlarini kasbiy tayyorlashni takomillashtirish zarurligi ta’kidlanadi.