YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA HUQUQ SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLLAR

Authors

  • Ibrohimjonov Asliddin Author

Keywords:

Yangi O‘zbekiston, davlat boshqaruvi, huquqiy islohotlar, inson huquqlari, konstitutsiyaviy islohotlar, fuqarolik jamiyati, sud mustaqilligi, korrupsiyaga qarshi kurash, taraqqiyot strategiyasi

Abstract

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat va huquq sohasidagi islohotlar ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, adolatli va samarali davlat boshqaruvini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-yildan boshlab yangi bosqichdagi islohotlar natijasida davlat boshqaruvi tizimi soddalashtirildi, fuqarolik jamiyati institutlari rivojlantirildi, sud hokimiyati mustaqilligi ta’minlandi. Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar orqali xalq vakilligining kuchaytirilishi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik siyosatini rivojlantirish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu tezisda davlat va huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar ilmiy tahlil qilinadi. Islohotlarning huquqiy asoslari, ularning amaliy natijalari hamda xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashuvi haqida fikr yuritiladi. Tezis natijalari davlat xizmatchilari, huquqshunoslar va siyosatshunoslar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Author Biography

  • Ibrohimjonov Asliddin

    Qoʻqon universiteti Andijon filiali Iqtisodiyot

    24-03-guruh talabasi

Published

2025-05-10