QADOQLASH USULLARINING QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATIGA TA’SIRI

Authors

  • A. M. Nazarov Author
  • M.A.Boltayev Author
  • M.R.Umaraliyeva Author

Keywords:

Quritilgan tomat, qadoqlash usullari, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash, biopolimer qadoqlar, namlik darajasi, S vitamini, likopin, karotinoidlar, saqlash muddati, mahsulot sifati.

Abstract

Ushbu tadqiqotda quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullari orqali saqlash samaradorligi o‘rganildi. Oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash va biopolimer qadoqlar orqali saqlangan namunalarning namlik, S vitamini, likopin va karotinoidlar miqdori tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash va vakuum qadoqlash usullari mahsulotning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatini yaxshilashda samarali ekani aniqlandi. Biopolimer qadoqlar ekologik jihatdan afzal bo‘lsada, namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, saqlash samaradorligi pastroq bo‘ldi.

Author Biographies

  • A. M. Nazarov

    Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi

  • M.A.Boltayev

    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

    E-mail:murodbek.boltaev.78@mail.ru

  • M.R.Umaraliyeva

    Toshkent davlat agrar universiteti 21-40 guruh talabasi

Published

2025-05-10