QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDA QADOQLASH USULLARINING OZUQAVIY MODDALAR SAQLANISHIGA TA’SIRI
Keywords:
Quritilgan tomat, likopin, karotinoidlar, askorbin kislota, qadoqlash texnologiyasi, gazli muhitda qadoqlash (MAP), vakuum qadoqlash, biopolimer qadoqlar, nutritiv moddalar, antioksidantlar, ozuqa moddalari saqlanishi.Abstract
Ushbu maqolada quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash va saqlash davomida ozuqaviy moddalar — likopin, karotinoidlar va S vitaminining saqlanish dinamikasi tadqiq qilindi. Turli qadoqlash usullari (oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash (MAP) va biopolimer qadoqlash) ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash usuli eng samarali bo‘lib, ozuqa moddalarini 12 oygacha yuqori darajada saqlab qolish imkonini berdi. Vakuum qadoqlash ham samarali bo‘lib, qisqa muddatli saqlash uchun qulay ekanligi aniqlandi. Odatiy polietilen esa faqat qisqa muddatli iste’mol uchun mos keladi.
Downloads
Published
2025-05-10
Issue
Section
Articles