IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANINI O'QITISH JARAYONIDA ZAMONAVIY VEB TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy veb texnologiyalar, iqtisodiyot, elektron resurslar, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, individuallashtirilgan o‘qitish, innovatsiya, axborot tizimlari.Abstract
Hozirgi davrda ta’lim tizimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mazkur maqolada “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar” fanini zamonaviy veb texnologiyalar asosida o‘qitishning dolzarbligi, o‘qitish metodlari va pedagogik yondashuvlari tahlil etilgan. Xususan, elektron ta’lim vositalari, internet resurslari, raqamli platformalardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali, interaktiv va individual yondashuvga asoslangan shaklda tashkil etishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonuni asosida AKTni rivojlantirishga qaratilgan siyosiy-huquqiy asoslar ham yoritilgan. Axborotlashtirilgan iqtisodiyot va raqamli jamiyat sharoitida veb texnologiyalarning o‘rni, imkoniyatlari va ulardan ta’limda samarali foydalanish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.