BANKLARDA AHOLI DEPOZITLARI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Azizova Gulrux Xolmamat qizi Author

Keywords:

Depozit, depozit xavfsizligi, aholi omonatlari, tijorat banklari, bank tizimi, moliyaviy barqarorlik, depozit sug‘urtasi, depozit siyosati, ishonch muhitini kuchaytirish, bank islohotlari, moliyaviy monitoring, banklararo raqobat.

Abstract

Mazkur tezisda bank tizimida aholi depozitlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud mexanizmlar tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish zaruriyati asoslab beriladi. Aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu boisdan ham tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning omonatlarini himoya qilish, ularni jalb etish hamda saqlanishini kafolatlash mexanizmlari chuqur tahlil etilgan. Tezisda depozitlar bozorining bugungi holati, xalqaro tajribalar asosida rivojlanish tendensiyalari va xavfsizlik choralarining huquqiy asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimidagi islohotlar jarayonida aholi omonatlari bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar, xususan, valyuta xavflari, inflyatsiya ta’siri, banklararo raqobat va qonunchilikdagi bo‘shliqlar ham tahlil qilingan.

Author Biography

  • Azizova Gulrux Xolmamat qizi

    Bank-molіya akademіyasі, іkkіnchі bosqіch magіstrantі, E-mail: gulruxazizova87@gmail.com

Published

2025-05-14