JSST TALABLARIGA KO’RA XIRURGIK USKUNALARNING METROLOGIK TA’MINOTI VA YANGILANISH EHTIYOJI
Keywords:
Metrologik ta'minot, MOZM, xirurgik uskunalar, JSST, sog‘liqni saqlash, standart, kalibrlash, texnik xizmat, yangilanish, metrologik nazorat.Abstract
Tibbiyot – maksimal aniqlikni talab qiladigan soha. Shuning uchun barcha tibbiy texnikalar, ya’ni, oddiy gradusnik, tonometr, tarozilardan boshlab, ultratovushli tekshiruv, kompyuter tomografiyasi, rentgenografiya uchun mo‘ljallangan apparatlargacha – ma’lum texnik parametrlarga qat’iy to‘g‘ri kelishi kerak. Ushbu maqolada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) talablariga ko‘ra xirurgik uskunalarning metrologik ta’minoti masalalari yoritilgan. Xususan, jarrohlik amaliyotlarining samaradorligini ta'minlashda asbob-uskunalarning aniqligi, muntazam kalibrlanishi va texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyati tahlil qilingan. Uskunalarning metrologik yangilanishi, xalqaro standartlarga muvofiqlik va O‘zbekistonda amaldagi holatga doir fikrlar keltirilgan.
 
							