AVTOMOBILNING ICHKI YONUV DVIGATELI GAZ APPARATURASI ISHCHI JARAYONLARI VA KONSTRUKSIYASINI TAHLILI
Keywords:
ichki yonuv dvigateli, gaz apparaturasi, reduktor, injektor, gaz balloni, ekologik ko'rsatkichlar, yoqilg'i tejamkorligi, suyultirilgan neft gazi, tabiiy gaz, metanAbstract
Ushbu ilmiy maqolada avtomobil ichki yonuv dvigatellarida qo'llaniladigan gaz apparaturasining ishchi jarayoni va konstruksiyasi o'rganilgan. Tadqiqot davomida gaz apparaturasining asosiy komponentlari, ularning vazifalari, ishlash prinsipi va kamchiliklari tahlil qilingan. Maqola gaz apparaturasi tizimidagi asosiy elementlar: reduktor, aralashtirgich, dozator va boshqaruv bloki tuzilishlarini o'z ichiga oladi. Olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra gaz apparaturalarining avtomobil ekologik ko'rsatkichlariga ta'siri aniqlangan va ushbu tizimlardagi mavjud muammolar yechimi bo'yicha takliflar keltirilgan. Natijalar avtomobillarda gaz yoqilg'isidan foydalanish nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki atrof-muhit muhofazasi uchun ham muhim ekanligini ko'rsatadi.