ZAMONAVIY AVTOMOBILSOZLIKDA ICHKI YONUV DVIGATELLARIDA QO'LLANILADIGAN EKO-MATERIALLAR VA ULARNIG GAZ APPARATURASI SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Authors

  • Rayimjonova Mahfuzaxon Bektosh qizi Author
  • Biloldinov Xusanboy Zafar o`g`li Author

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy avtomobilsozlik sohasida ichki yonuv dvigatellarida qo'llaniladigan eko-materiallar hamda ularning gaz apparaturasi samaradorligiga ko'rsatadigan ta'siri tahlil qilingan. Bugungi kunda global ekologik vaziyatning yomonlashuvi sharoitida, avtotransport vositalaridan chiqarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish va yoqilg'i iqtisod qilish masalalari dolzarblik kasb etmoqda. Tadqiqot davomida turli xil biokompatibel materiallar, qayta ishlanadigan kompozit materiallar va innovatsion yengil metallar qotishmalari o'rganildi. Xususan, biokompozitlar, mikro-sellyuloza tolali materiallar, metall-keramik qotishmalar va yangi polimerlar ichki yonuv dvigatellarining gaz apparaturasida qo'llanilganida samaradorlikka ta'siri chuqur tahlil etildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, eko-materiallarning qo'llanilishi nafaqat yoqilg'i sarfini va ekologik ta'sirni kamaytirishga, balki dvigatelning ishlash muddatini uzaytirishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maqolada ushbu materiallarning mexanik, termik, kimyoviy barqarorligi hamda ularning ichki yonuv dvigatellarining gaz apparaturasi bilan o'zaro munosabati haqida muhim xulosalar chiqarilgan.

Author Biographies

  • Rayimjonova Mahfuzaxon Bektosh qizi

    Andijon davlat texnika instituti

    Avtomobilsozlik va transport fakulteti

    Energiya mashinasozlik yo`nalishi

    K-76-21 guruh talabasi

  • Biloldinov Xusanboy Zafar o`g`li

    Ilmiy rahbar: "Avtomobilsozlik va transport kafedrasi" kafedra assistenti

Published

2025-05-15