ELEKTROKAUTER (ELEKTROKOAGULYATOR) APPARATLARINING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVFSIZLIK MASALALARI
Keywords:
Elektrokauter, elektrokoagulyator, yuqori chastotali tok, monopolyar, bipolyar, xavfsizlik, texnik xizmat, tibbiy uskuna.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llanilayotgan elektrokauter (elektrokoagulyator) uskunalarining texnologik xususiyatlari, ularning ishlash prinsipi, turlari hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Elektrokauter yuqori chastotali elektr toki orqali to‘qimalarni kesish yoki kuydirish imkonini beruvchi tibbiy qurilmadir. Bu usul qon ketishini kamaytiradi, aseptik sharoitni ta’minlaydi va operatsion jarayonni yengillashtiradi. Maqolada elektrokoagulyatorlarning asosiy ikki turi – monopolyar va bipolyar sistemalar, ularning afzalliklari va qo‘llanish sohasi tahlil qilingan. Qurilmaning texnik tuzilmasi, kuchlanishni boshqarish, himoya elementlari, shuningdek, operatorlar uchun xavfsizlik qoidalari va texnik xizmat ko‘rsatish rejasi bayon etilgan. Qurilmalardan samarali foydalanish uchun profilaktik xizmat, uzluksiz nazorat va malakali texnik xodimlar ishtiroki muhim o‘rin tutadi.