PSEUDOMONAS PUTIDA YORDAMIDA SANOATDA CHIQADIGAN OQOVA SUVLARNI TOZALASH
Keywords:
Pseudomonas putida, fenol degradatsiyasi, fluidized-bed bioreaktor, ekologik xavfsizlik, mikroorganizmlar, toksik modda, immobilizatsiya, Monod modeli, gidravlik ushlanish, biotexnologiya.Abstract
Ushbu tezisda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ekologiya va inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi fenol kabi toksik moddalarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqotda sanoat chiqindi suvlaridagi fenolni biologik tozalash usuli sifatida Pseudomonas putida bakteriyasidan qanday foydalanish mumkunligi misollar yordamida tushuntirilgan. Shuningdek, bu jarayon davomida bakteriyalarning immobilizatsiya texnologiyasi hamda fluidized-bed bioreaktor qo‘llanilishi tushuntirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari bu biologik usulning nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki suv resurslarining ifloslanishiga qarshi kurashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirilgan. Bundan tashqari tadqiqotda mazkur usulning iqtisodiy jihatdan samaradorligi va sanoat miqyosida qo‘llash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu usul sanoat chiqindilarini samarali qayta ishlashga yordam berib, suv resurslarining barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, Pseudomonas putida bakteriyasidan foydalanish ushbu ekologik xavfsizlikni ta’minlashda istiqbolli yondashuvlardan biri bo‘lib, sanoatda oqova suvlarini tozalashda samarali usuli sifatida e’tiborga loyiqdir.
 
							