TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA AZOTOBACTER VINELANDII BAKTERIYASIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Azotobacter vinelandii, bioo‘g‘it, gram-manfiy, Vineland, azot fiksatsiya, qishloq xo‘jaligi, aerob, patogen mikroorganizmAbstract
Azotobacter vinelandii bakteriyasidan tuproq unumdorligini oshirishda foydalanish barqaror qishloq xo‘jaligida samarali va ekologik jihatdan xavfsiz yondashuv hisoblanadi. Azotobacter vinelandii erkin yashovchi azot fiksatsiya qiluvchi bakteriya bo‘lib, atmosferadagi azotni o‘simliklar uchun qulay shaklga aylantiradi. Bundan tashqari, u o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi fitogormonlar ishlab chiqarib, ildiz tizimini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu bakteriya organik moddalarni parchalanish jarayoniga hissa qo‘shadi va tuproq tuzilishini yaxshilaydi, bu esa suvni ushlab qolish va shamollash jarayonini yaxshilaydi. Azotobacter vinelandii dan bioo‘g‘it sifatida foydalanish kimyoviy o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, ekologik toza dehqonchilikni rivojlantirish, tuproq salomatligini saqlash va hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Ushbu tezisda Azotobacter vinelandii bakteryasi tahlil qilingan.
 
							