FOYDALANILGAN MDEA ERITMALARINI ISSIQLIKKA CHIDAMLI TUZLARDAN TOZALASH

Authors

  • Elmurodov Rahmiddin Sodiq o’g’li Author

Keywords:

MDEA, Termik stabil tuzlar, Eritmalarni tozalash

Abstract

Ushbu tadqiqot ishlatilgan MDEA (metildietanolamin) eritmalarini termik stabil tuzlardan tozalashning samarali usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. MDEA tabiiy gazni tozalashda keng qo‘llaniladi, ammo jarayonda to‘plangan issiqlikka chidamli tuzlar eritmaning samaradorligini pasaytiradi va qurilmalarda korroziyaga olib keladi. Tadqiqotda O‘zbekistonning neft va gaz sanoati ehtiyojlaridan kelib chiqib, MDEA eritmalarini tozalashning iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali texnologiyalari o‘rganiladi. Ishda tozalash usullarining ilmiy asoslari tahlil qilinadi, mavjud texnologiyalar takomillashtiriladi va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan yechimlar taklif etiladi.

Author Biography

  • Elmurodov Rahmiddin Sodiq o’g’li

    Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

Published

2025-05-22