ZAMONAVIY TA'LIM TRANSFORMATSIYASI AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Keywords:
zamonaviy transformatsiyasi, raqamli texnologiyalar, innovatsion o‘qitish metodlari, an’anaviy, raqamli platformalar, Zoom, Google Classroom, elektron darslik, pandemiya davri, internet, innovatsion tizim,Abstract
Ta’lim sohasining zamonaviy transformatsiyasi, uning asosiy jihatlari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar va innovatsion o‘qitish metodlarining ta’lim jarayoniga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning muvozanatli qo‘llanishi zarurligi asoslab berilgan. Maqola zamonaviy ta’limning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
So‘nggi yillarda, globallashuv va texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy ta’limning o‘rniga yangi o‘qitish metodlari va raqamli texnologiyalarning ta’limda qo‘llanilishi o‘quvchilarda o‘qitish tezligi va samaradorligini oshirmoqda. Ushbu maqola zamonaviy ta’limning asosiy jihatlarini, qulayliklari va kamchiliklarini hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilarga ta’sirini tahlil qiladi.