SUN’IY INTELLEKT JURNALISTIKANING KELAJAGIDA QANDAY ROL O‘YNAYDI?

Authors

  • Tursunova Dilsoʻz Abrorovna Author

Keywords:

Sun'iy intellekt, jurnalistika, media texnologiyalar, avtomatlashtirilgan jurnalistika, axborot ishonchliligi, raqamli transformatsiya, kelajak kasblari, jurnalist etikasi

Abstract

Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining jurnalistika sohasidagi o‘rni va uning kelajakka ta’siri tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida jurnalistikada avtomatlashtirilgan maqola yozish, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va faktlarni tekshirishda SI vositalari keng qo‘llanilmoqda. Maqolada sun'iy intellekt yordamida yangiliklar tayyorlash, auditoriyaga mos kontent yaratish hamda jurnalistik etikaga ta’siri kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, SI jurnalistikaning kasbiy mezonlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi, inson jurnalistlar va sun’iy intellekt o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari jurnalistika sohasida SI texnologiyalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Published

2025-06-11