PYTHON DASTURLASH TILIDA INKAPSULYATSIYA, ATRIBUTLAR, XUSUSIYATLAR, VA VORISLIK
Keywords:
Atribut, metod, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, obyekt, akselerometr, sensor.Abstract
Python dasturlash tilida atribut — bu obyektga bog‘langan ma’lumot yoki funksiyadir. Atributlar ikki turga bo‘linadi: klass atributlari va instansiya atributlari. Klass atributi — bu klass darajasida aniqlanadi va barcha obyektlar uchun umumiy bo‘ladi. U klass ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlanadi va barcha obyektlar bu atributni baham ko‘radi. Instansiya atributi esa _init_ metodida self orqali aniqlanadi va faqat obyektning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Har bir obyekt o‘z atributlariga ega bo‘lib, ular bir-biriga ta’sir qilmaydi. Shuningdek, inkapsulyatsiya atributlarga (yoki metodlarga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklash imkonini beradi. Bu atributlar nomi oldidan _ or _ belgilari bilan belgilanadi. Xususiyatlar esa bir xil metod nomi bilan turli klasslarda turlicha ishlov berishga imkon yaratadi — bu kodni soddalashtiradi va qayta ishlatishni osonlashtiradi.