KIMYO SANOATI KORXONALARIDA KAIZEN KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Kaizen, kimyo sanoati, ishlab chiqarishni takomillashtirish, sifat menejmenti, isrofgarchilikni kamaytirish, uzluksiz rivojlanish, operatsion samaradorlik, xodimlarni rag‘batlantirish.Abstract
Mazkur maqolada kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sifatni doimiy ravishda takomillashtirishda Kaizen konsepsiyasining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Maqolada Kaizen yondashuvining asosiy tamoyillari — jarayonlarni uzluksiz yaxshilash, xodimlar faolligini rag‘batlantirish, isrofgarchilikni bartaraf etish kabi omillar kimyo sanoati real misollarida ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari asosida Kaizen konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish, korxona ichki boshqaruvini optimallashtirish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan O‘zbekiston kimyo sanoati sharoitida qo‘llash imkoniyatlari solishtirma asosda baholangan.
 
							