GIDRAVLIK MOYLARNI MAVJUD FILTRLASH USULLARI TAHLIL

Authors

  • Jurayev Akbar Shavkatovich Author
  • Turdiyev Sardorjon Abdumuminovich Author

Keywords:

Gidravlik moy, filtrlash usullari, mexanik filtr, magnitli filtr, markazdan qochma kuch, vakuumli suvsizlantirish, koalestsent filtr, absorbsion filtr, qattiq zarrachalar, gidrotizim samaradorligi, yeyilish, moy tozaligi, filtrlovchi element.

Abstract

Mazkur maqolada gidravlik moylarni filtrlash usullarining tahlili keltirilgan bo‘lib, turli usullarning afzallik va kamchiliklari, ularning ishlash printsiplari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Asosiy e’tibor mexanik, magnitli, markazdan qochma, vakuumli, koalestsent va absorbsion filtrlash usullariga qaratilgan. Har bir usulning samaradorligi, filtrlovchi elementlarining imkoniyatlari va texnik xizmat ko‘rsatish talablari chuqur o‘rganilgan. Grafik tahlillar orqali filtrlash sifati va tizimdagi yeyilish o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Maqolada samarali gidrotizimlar uchun kompleks filtrlash yondashuvlarining ahamiyati asoslab berilgan va filtr tanlashda ifloslanish xususiyatlari hamda uskunaning ishonchliligi inobatga olinishi lozimligi ta’kidlangan.

Author Biographies

  • Jurayev Akbar Shavkatovich

    Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

  • Turdiyev Sardorjon Abdumuminovich

    Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Published

2025-06-14