KORPORATIV RISK BOSHQARUVINING KAPITAL SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • Akromjonova Maxliyo Axror qizi Author

Keywords:

Korporativ risk menejmenti, RAROC, VaR, CVaR, Monte-Karlo simulyatsiyasi, moliyaviy barqarorlik, strategik risklar, operatsion risklar.

Abstract

Korporativ moliyaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qismi bo’lgan risk menejmenti kompaniyaning kapital samaradorligini ta;minlashda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ushbu tadqiqot risklarni samarali boshqarish orqali korporativ kapital samaradorligini optimallashtirish usullarini o’rganishga qaratilgan. Tadqiqot davomida risk turlarining tasnifi, RAROC, VaR, CVaR va

Monte-Karlo simulyatsiyasi kabi zamonaviy moliyaviy baholash modellari tahlil qilindi. Empirik tahlillar shuni ko’rsatadiki, puxta ishlab chiqilgan risk boshqaruvi strategiyalari korporatsiyalarning barqarorligi va bozor qiymatini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari moliyaviy institutlar, yirik korporatsiyalar va investitsiya kompaniyalari uchun amaliy ahamiyatga ega bo’lib, ularning kapital samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Akromjonova Maxliyo Axror qizi

    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar kafedrasi,

    Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori guruhi I kurs magistranti.

     

Published

2025-06-14