ISHCHI SUYUQLIKLARNING IFLOSLANISHI MUAMMOSINI TAHLILI
Keywords:
gidravlik tizim, ishchi suyuqlik, ifloslanish, ISO 4406, GOST 17216, filtratsiya, texnik xizmat, mexanik zarrachalar, korroziya, gidroyuritma, eskirish, samaradorlik, kon uskunalariAbstract
Zamonaviy kon uskunalarining samarali va ishonchli ishlashi uchun gidravlik tizimlarda qo‘llaniladigan ishchi suyuqliklarning tozaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ishchi suyuqliklarning ifloslanishi muammosi, uning gidravlik tizimlarga ta’siri, ifloslanish turlari (mexanik zarrachalar, korroziya, oksidlanish) va ularni kamaytirish usullari keng yoritilgan. ISO 4406 va GOST 17216-2001 kabi standartlar asosida tozalik sinflari tahlil qilinib, gidrosistemalardagi tirqishlar va filtratsiya muhimligi ilmiy asoslangan. Ishchi suyuqlikning sifati past bo‘lsa, bu tizimning xizmat muddati, ish unumdorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari, moyni almashtirish texnologiyalari va noto‘g‘ri ekspluatatsiyaning oqibatlari amaliy misollar asosida bayon etilgan.