YEYILGAN VALNI QAYTA TIKLASH TEXNOLOGIYASINI LOYIHALASH

Authors

  • Raxmatov Bobur Baxodirjon o’g’li Author

Keywords:

Val, yeyilish, qayta tiklash, payvandlash, termik purkash, qoplama texnologiyasi, material tanlovi, iqtisodiy samaradorlik.

Abstract

Yeyilgan valni qayta tiklash texnologiyasini loyihalash, ekspluatatsiya jarayonida yeyilgan vallarning samarali ta‘mirlash va qayta tiklash usullarini tahlil qilish hamda ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Val mexanizmlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ularning yuzasida yuzaga keladigan yeyilish mashina ishlashining pasayishiga, mexanik nosozliklarga va katta moddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu tadqiqotda val yeyilishining asosiy sabablari, qayta tiklashda qo‘llaniladigan materiallar va zamonaviy ta‘mirlash usullari, jumladan, payvandlash, termik purkash, metalllashtirish va qoplama texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Yeyilish darajasi, ishlash sharoiti va materialning moslashuvchanligiga qarab ta‘mirlash usulini tanlashga alohida e‘tibor qaratiladi. Loyiha doirasida valni qayta tiklash texnologik jarayoni ishlab chiqiladi va bu orqali uning xizmat muddatini uzaytirish hamda butun mexanizmning ishonchliligini oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, tiklash texnologiyasidagi innovatsiyalar va iqtisodiy samaradorlik ham tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Raxmatov Bobur Baxodirjon o’g’li

    Andijon davlat texnika instituti

    Texnologik mashinalar va jihozlar yo’nalishi

    4-bosqich talabasi

    Telefon raqam:+998934100151

    Elektron pochta: raxmatoff023@gmail.com

Published

2025-06-16