MULKIY DAROMADLARNING SOLIQQA TORTISH MEXANIZMI VA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
mulkiy daromadlar, soliqqa tortish mexanizmi, hisob yuritish, takomillashtirish, soliq nazorati, elektron tizimlar, milliy qonunchilik, davlat byudjeti tushumlari, iqtisodiy barqarorlik, raqamlashtirish.Abstract
Ushbu maqolada jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini soliqqa tortish mexanizmi va hisobini takomillashtirishning nazariy asoslari, amaliy muammolari va ularni hal etish yo‘llari chuqur tahlil qilingan. Mulkiy daromad tushunchasi, ularning shakllanish manbalari, davlat byudjeti shakllanishidagi o‘rni va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Mavzuga oid milliy va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar tahlil etilib, O‘zbekiston sharoitida mavjud mexanizmning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Tadqiqot davomida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, mulkiy daromadlarni soliqqa tortishda zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirish vositalarini qo‘llashning dolzarbligi asoslangan. Shuningdek, maqolada jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini hisobini yuritishning amaliy jihatlari bo‘yicha takomillashtirish yo‘nalishlari va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot davlat byudjeti tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirish va soliqqa tortish tizimini yanada shaffof qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.