TIJORAT BANKLARIDA CHAKANA TO'LOV TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Sultonov Davronjon Rustam o’g’li Author

Keywords:

Tijorat banklari, chakana to‘lovlar, to‘lov tizimlari, raqamli to‘lov, mobil ilovalar, QR-kod to‘lovi, tezkor to‘lovlar, moliyaviy texnologiyalar, bank infratuzilmasi, elektron to‘lov, fintech, tranzaksiya xavfsizligi, internet-banking.

Abstract

Ushbu tezisda tijorat banklarida chakana to‘lov tizimlarini rivojlantirish imkoniyatlari har tomonlama tahlil qilingan bo‘lib, zamonaviy to‘lov texnologiyalarining joriy etilishi, moliyaviy xizmatlarning ommalashuvi va mijozlarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar o‘rganilgan. Tezisda avvalo chakana to‘lov tizimi tushunchasi, uning asosiy shakllari va banklar faoliyatidagi o‘rni yoritiladi. Xususan, bank kartalari, mobil to‘lovlar, elektron hamyonlar va QR-kodli to‘lovlar kabi vositalar orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmi ortib borayotgani qayd etilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarining chakana to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishdagi amaldagi holati, mavjud infratuzilma va texnologik bazasi o‘rganilib, xorijiy tajribalar bilan taqqoslangan. Bank tizimini raqamlashtirish, fintech kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va raqobatbardosh mahsulotlar yaratish orqali chakana to‘lov segmentida yangi imkoniyatlar ochilishi ta’kidlangan.

Author Biography

  • Sultonov Davronjon Rustam o’g’li

    Bank-moliya akademiyasi, ikkinchi bosqich magistratura tinglovchisi, E-mail: dsultanov@nbu.uz

Published

2025-06-16