MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHIDA ROLLI O‘YINLARNING O’RNI

Authors

  • Usmonova Nargiza Raximjonovna Author
  • Boboxonova Muslimaxon Author

Keywords:

rolli o‘yin, maktabgacha ta’lim, bola psixologiyasi, emotsional rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, ijodkorlik, shaxsiy shakllanish, muloqot madaniyati.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishida rolli o‘yinlarning tutgan o‘rni keng yoritilgan. Rolli o‘yinlar bola shaxsining emotsional, ijtimoiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy psixologik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy-nazariy tahlillar va klassik pedagogik qarashlar asosida bolalarning o‘yin orqali olamni anglash, atrofdagi hayotiy hodisalarni aks ettirish, shaxsiy tajriba orttirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, rolli o‘yinlar bolalarda nutqiy faollik, ijodiy fikrlash, o‘zini erkin ifoda qilish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, o‘yinlar orqali axloqiy tushunchalar, ijtimoiy rollar va mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatlar mustahkamlanadi. Maqola pedagog va psixologlar uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Usmonova Nargiza Raximjonovna

    Qо‘qоn univеrsitеti ”Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi  katta o'qituvchisi

  • Boboxonova Muslimaxon

    Qo‘qon universiteti Psixologiya (amaliy psixologiya) 4 boshqich talabasi

Published

2025-06-16