BANK ICHKI AUDIT TIZIMINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MODERNIZATSIYA QILISH IMKONIYATLARI
Keywords:
bank ichki auditi, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish, audit tizimi, modernizatsiya, ichki nazorat, moliyaviy barqarorlik, texnologik innovatsiyalar, riskka asoslangan audit, audit samaradorligi.Abstract
Hozirgi davrda bank ichki audit tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish masalasi bank tizimining barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan dasturlar ichki audit jarayonlarini yanada tezkor, aniq va shaffof amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur maqolada bank ichki audit tizimining amaldagi holati, uni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishning afzalliklari hamda mavjud imkoniyatlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida milliy banklarda ichki auditni raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ichki auditning samaradorligini oshirish va bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
 
							