TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT NAZORAT TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Keywords:
tijorat banklari, ichki audit, nazorat tizimi, samaradorlik, moliyaviy barqarorlik, ichki nazorat, xatarlarni boshqarish, audit mexanizmi, bank faoliyati, audit jarayoni.Abstract
Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashda ichki audit nazorat tizimlarining roli katta ahamiyatga ega. Bank ichki audit nazorat tizimlarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, xatarlarni oldindan aniqlash va bartaraf etish, moliyaviy hisobotlarning aniqligini ta’minlash imkonini beradi. Mazkur maqolada tijorat banklarida ichki audit nazorat tizimlarining hozirgi holati, ularni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribalar va milliy amaliyotning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ichki audit nazorat tizimlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari bank ichki nazoratining mustahkamlanishiga va ichki audit sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga xizmat qiladi.
 
							