AGATA KRISTINING “YOʻQOLGAN VASIYATNOMA” DETEKTIV HIKOYASINING PRAGMATIK TAHLILI
Keywords:
Pragmatika, Agata Kristi, detektiv asarlar, Nutq harakati nazariyasi, Graysning hamkorlik prinsiplari, Implikatura, Aldash, Manipulyatsiya, Hokimiyat, adabiy tahlil, Erkyul Puaro, Diskurs tahlili, Til.Abstract
Ushbu maqola Agata Kristining “Yo’qolgan vasiyatnoma” nomli qisqa hikoyasini pragmatik nuqtai nazardan o’rganadi, unda tilning aldash, manipulyatsiya va hokimiyatni o’rnatish vositasi sifatida qanday funksiya bajarishi tahlil qilinadi. Nutq harakatlari nazariyasi (speech act theory) va Graysning Hamkorlik Prinsiplari (Grice’s Cooperative Principle) qo’llanilishi orqali tadqiqot personajlar tomonidan ma’lumotni yashirish va boshqalarni chalg’itish uchun ishlatiladigan nozik lingvistik strategiyalarni ochib beradi. Tahlil Erkyul Puaroning pragmatik talqin qilishdagi ustalik darajasi dialog ichidagi yashirin ma’nolarni anglash va sir ortidagi haqiqatni ochishda qanchalik muhim rol o’ynashini ko’rsatib beradi. Maqola hikoyani shakllantirishda hamda voqea ichidagi munosabatlar va motivlarning murakkab o’zaro ta’sirini boshqarishda tilning muhim o’rin tutishi xususida xulosa qiladi.
 
							