TILSHUNОSLIKDА NОVЕRBАL DIАLОGIZM TUSHUNСHАSI VА UNGА ILMIY YОNDАSHUVLАR SHАKLLАNISHI

Authors

  • Sabitova Iroda Srajiddinovna Author

Keywords:

noverbal dialogizm, kommunikativ lingvistika, noverbal muloqot, pragmatika, lingvistik tadqiqotlar, semiotika, sotsiopragmatika

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslik nuqtayi nazaridan noverbal dialogizm tushunchasining mohiyati, uning ilmiy talqini hamda shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Noverbal dialogizmlar lingvistik kommunikatsiya jarayonida muhim omil bo‘lib, ularning semantik, pragmatik va sotsiokulturaviy xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu fenomenning ilmiy tadqiqotlar doirasida rivojlanishi, yetakchi xorijiy va mahalliy tilshunoslarning qarashlari, shuningdek, zamonaviy lingvistik yondashuvlar asosida noverbal dialogizmlarning o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqot natijalari asosida ushbu tushunchaning til tizimidagi funksional ahamiyati va turli tillardagi namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada noverbal dialogizmlarning kommunikativ jarayondagi roli, madaniy va lingvistik omillar bilan bog‘liqligi statistik ma’lumotlar asosida tahlil etiladi. Ushbu ilmiy izlanish natijalari tilshunoslikning pragmatika, semiotika va kommunikativ lingvistika yo‘nalishlarida noverbal vositalarni chuqurroq o‘rganish zaruriyatini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Sabitova Iroda Srajiddinovna

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti

    “Amaliy ingliz tili” kafedrasi v.b dotsenti

Published

2025-07-25