BO‘LAJAK AKTYORLARNI KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHDA JADID MA’RIFATPARVARLARINING QARASHLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Authors

  • Mamaniyozov Shaxzod Abror oʻgʻli Author

Keywords:

jadid ma’rifatparvarlar, aktyorlik san’ati, kasbiy mahorat, pedagogik metodika, milliy teatr, ma’naviy tarbiya, estetik dunyoqarash

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak aktyorlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish jarayonida jadid ma’rifatparvarlarining qarashlaridan samarali foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Jadidlar ta’lim-tarbiya, estetik dunyoqarash va ma’naviy kamolot masalalariga alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, ularning ilg‘or pedagogik g‘oyalari zamonaviy aktyorlik ta’limida muhim o‘rin tutishi mumkin. Maqolada jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari asosida shakllantirilgan metodik yondashuvlar aktyorlik mahoratini rivojlantirishda qanday qo‘llanilishi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, aktyorlik san’atida milliylik, ma’naviylik va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda jadidchilik merosining ahamiyati ochib beriladi.

Author Biography

  • Mamaniyozov Shaxzod Abror oʻgʻli

    Mustaqil tadqiqotchi

Published

2025-08-07