QARSHI SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI FAOLIYATI TARIXI
Keywords:
Qarshi, ichki ishlar boshqarmasi, huquq-tartibot, xavfsizlik, sovet davri, mustaqillik, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqiy islohotlar, tarix, ijtimoiy barqarorlik, boshqaruv tizimi, kadrlar, jamoatchilik hamkorligi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Qarshi shahar ichki ishlar boshqarmasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy faoliyati tarixiy, huquqiy hamda ijtimoiy nuqtai nazardan keng yoritilgan. Maqolada boshqarma faoliyatining dastlabki sovet davridan to mustaqillik yillarigacha bo‘lgan asosiy bosqichlari, tuzilmaning tarkibiy o‘zgarishlari, vazifalari va jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va arxiv materiallariga asoslangan holda, boshqarmaning mahalliy xavfsizlikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli ilmiy asosda o‘rganiladi. Xususan, boshqarmaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati, jamoatchilik bilan hamkorligi va zamonaviy islohotlar natijasida erishilgan yutuqlari tahlil qilinadi.
 
							