SOVET MILLIY SIYOSATI: KOREYSLAR MISOLIDA ETNIK REPRESSIYALAR
Keywords:
Sovet milliy siyosati, etnik repressiyalar, koreyslar, deportatsiya, Uzoq Sharq, O‘zbekiston, totalitarizm, milliy identifikatsiya, ijtimoiy integratsiya, diaspora, inson huquqlari, milliy xotira, siyosiy tarix.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Sovet Ittifoqining milliy siyosati doirasida amalga oshirilgan etnik repressiyalar, xususan, koreys diasporasining taqdiri tahlil qilinadi. Asarda XX asr 30–40-yillarida koreyslarning Uzoq Sharqdan Markaziy Osiyoga, jumladan O‘zbekistonga majburiy ko‘chirilishining siyosiy va ijtimoiy sabablari, deportatsiya jarayoni va uning og‘ir oqibatlari ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari va zamonaviy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Maqolada sovet totalitar tizimining etnik guruhlarga nisbatan yuritgan siyosatining insonparvarlik va huquq normalariga zid jihatlari, deportatsiya natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy muammolar, koreyslarning yangi muhitga moslashuvi, identifikatsiya inqirozi va milliy xotira masalalari atroflicha o‘rganiladi.