O‘SMIRLIK DAVRIDA BIPOLYAR AFFEKTIV BUZILISHLARNI ANIQLASHDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA USULLARINING SAMARADORLIGI

Authors

  • Mustafoyev Shezod Muzaffar o‘g‘li Author

Keywords:

bipolyar affektiv buzilish, o‘smirlik davri, psixologik diagnostika, psixometrik testlar, klinik suhbat, nevropsixologik baholash, multimodal baholash, zamonaviy psixodiagnostika, sun’iy intellekt, erta aniqlash, emotsional buzilishlar, skrining, psixolog-psixiatr hamkorligi.

Abstract

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida uchraydigan bipolyar affektiv buzilishlarni aniqlashda zamonaviy psixologik diagnostika usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. O‘smirlik davri - shaxsiy va emotsional rivojlanishning murakkab bosqichi bo‘lib, bu jarayonda affektiv buzilishlarni erta aniqlash kelgusidagi psixologik va ijtimoiy moslashuvda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada zamonaviy psixometrik testlar, klinik suhbat metodlari, kuzatuv va nevropsixologik baholash yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diagnostik jarayonning samaradorligini oshirish uchun multimodal baholash, kompyuterlashtirilgan test tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi skrining vositalarining qo‘llanishi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari diagnostika usullarining aniqligi va tezkorligini oshirish, shuningdek, psixolog va psixiatrlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Mustafoyev Shezod Muzaffar o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi

Published

2025-08-10