KO‘RISHIDA MUAMMOLARI BO‘LGAN BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KORREKSION-PEDAGOGIK ISHLARNING TASHKIL ETILISH
Keywords:
ko‘rishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilar, boshlang‘ich ta’lim, korreksion-pedagogik ishlar, defektologiya, maxsus ta’lim, inkluziv ta’lim, individual yondashuv, didaktik vositalar, reabilitatsiya, ijtimoiy moslashuvAbstract
Mazkur ilmiy ish ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning mazmuni, shakl va usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maxsus pedagogika, defektologiya hamda psixologiya yondashuvlari asosida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ta’lim-tarbiyaviy jarayonni loyihalash, integratsion va inkluziv muhitda samarali o‘qitish metodlari, dars jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan maxsus texnologiyalar, didaktik vositalar va korreksion mashqlar yoritilgan. Ishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va mustaqil hayotga tayyorlashda o‘qituvchi va defektologlarning o‘zaro hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari amaliyotchi pedagoglar, maxsus maktab va inkluziv sinf o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.