TOG‘-KON SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Xaydaraliyev Elbek Farxod o’g’li Author

Keywords:

kon qazish, shaxta, dronlar, sun’iy intellekt texnologiyalari, infraqizil kameralar, foydali qazilmalar, transport tizimlari, raqamli texnologiya, texnika-texnologiya, tog‘-kon sanoati, resurslar, raqamlashtirish, samarali foydalanish.

Abstract

Zamonaviy globallashuv sharoitida insoniyat hayotining deyarli barcha sohalarida raqamli texnologiyalar misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tog‘-kon sanoatida geologik razvedka, ruda qazib olish, transport-logistika va xavfsizlik tizimlarini boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kon jarayonlarini to‘liq kuzatish, har bir bosqichni tahlil qilish, aniq va ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ta’sir etuvchi omillar yoritiladi. Xalqaro tajriba asosida tog‘-kon sanoatida zamonaviy raqamlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha yangicha qarashlarni oshirishga qaratilgan xulosa va takliflar keltirilgan.

Author Biography

  • Xaydaraliyev Elbek Farxod o’g’li

    “Olmaliq KMK” AJ xodimi

Published

2025-08-14