ERON VA TURKIYA HARBIY-SIYOSIY SALOHIYATINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
Eron, Turkiya, geosiyosat, xavfsizlik, mintaqa, armiyalar, dron, yadro, proksi, NATOAbstract
Mazkur maqolada Eron va Turkiyaning harbiy-siyosiy salohiyati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki davlatning geostrategik joylashuvi, harbiy doktrinalari, mudofaa sanoati va mintaqaviy ta’sir mexanizmlari keng yoritilgan. Eronning imkoniyatlari asosan asimmetrik urush strategiyasi, ballistik raketalar, dron texnologiyalari va proksi guruhlarga tayanishi bilan ajralib turadi. Turkiya esa NATO a’zoligi, zamonaviy qurolli kuchlari, yuqori harbiy byudjeti va global bozorda tan olingan dron ishlab chiqarishi bilan farqlanadi. Shuningdek, maqolada ikkala davlatning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy raqobati hamda ularning xalqaro ittifoqlardagi o‘rni tahlil etiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Turkiya texnologik va institutsional jihatdan ustunlikka ega bo‘lsa, Eron mintaqaviy ta’sirini proksi siyosat orqali kengaytirishga intilmoqda. Har ikkisi mintaqaviy geosiyosiy barqarorlikka ta’sir etuvchi asosiy o‘yinchilar sifatida maydonga chiqmoqda
 
							