IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI EKSTREMISTIK DINIY G‘OYALARNI TARG‘IB QILISHNING O‘SMIRLAR ONGIGA TA’SIRI VA OLDINI OLISH STRATEGIYALARI
Keywords:
ekstremizm, guruh bosimi, algoritmik ta’sir, tanqidiy fikrlash, diniy-ma’rifiy savodxonlik, axborot xavfsizligi, profilaktika strategiyalari.Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ongiga destruktiv diniy g‘oyalarni singdirishdagi roli va ularning ma’naviy-psixologik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Diniy ekstremizm va radikalizm g‘oyalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalish mexanizmlari, yoshlarning ruhiy holati va identitet izlash jarayonidagi zaifliklar, guruh bosimi hamda algoritmik kontent taqdimoti kabi omillar yoritilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik, psixologik, axborot xavfsizligi va ma’naviy-tarbiyaviy yondashuvlarni birlashtirgan kompleks qarshi kurash strategiyalar oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari asosida o‘smirlarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, diniy-ma’rifiy savodxonlikni oshirish, sog‘lom axborot muhitini shakllantirish hamda davlat, oila va jamiyat hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
 
							