INVESTITSION RISKLARNING SAMARALI BAHOLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

Authors

  • Toshev Kamoliddin Akramovich Author

Keywords:

investitsion risk, riskni baholash, moliyaviy xavf, g‘aznachilik tizimi, axborot texnologiyalari, loyiha hujjatlari, malakali mutaxassislar, real vaqt monitoringi.

Abstract

Ushbu maqolada investitsion risklarning samarali baholanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda riskni baholashning asosiy maqsadi moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish, loyihalarning qaytarim darajasini kafolatlash va byudjet mablag‘larining samarasiz sarflanishini kamaytirishdan iboratligi ko‘rsatib o‘tiladi. Navoiy viloyati G‘aznachilik boshqarmasi faoliyati misolida risk baholash jarayonida hujjatlarning aniqligi, malakali mutaxassislar ishtiroki, axborot bazalarining to‘liqligi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim omillar sifatida ajralib chiqqan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, texnologik vositalar (90% dan ortiq), mutaxassislar malakasi (88%) va baholash sifati (85%) risklarni samarali aniqlash va boshqarishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, “GFO” elektron monitoring tizimi va analitik dasturlarning joriy etilishi natijasida real vaqt rejimida risklarni aniqlash va loyihalarning kechikishini oldini olish imkoniyatlari kengaygan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, investitsion risklarni to‘g‘ri baholash uchun malakali inson resurslari, aniq hujjatlar va zamonaviy axborot texnologiyalarining uyg‘unligi zarurdir.

Author Biography

  • Toshev Kamoliddin Akramovich

    Bank moliya akademiyasi magistranti

Published

2025-09-15