XALQARO MOLIYA BOZORLARIDA INVESTITSION RISKLARNING SHAKLLANISHI VA AMALDAGI HOLATINI TAHLIL QILISH

Authors

  • Toshev Kamoliddin Akramovich Author

Keywords:

investitsion risk, xalqaro moliya bozorlari, bozor riski, kredit riski, likvidlik riski, operatsion risk, mamlakat riski, Basel standartlari, fintech, kriptoaktivlar, G‘aznachilik tizimi, moliyaviy barqarorlik.

Abstract

Ushbu tadqiqot xalqaro moliya bozorlarida investitsion risklarning shakllanishi va ularning hozirgi holatini tahlil qiladi hamda O‘zbekistonda moliyaviy barqarorlikka ta’sirini o‘rganadi. Investitsion risklar iqtisodiy, siyosiy va moliyaviy omillar ta’sirida yuzaga kelib, bozor, kredit, likvidlik, operatsion va mamlakat (siyosiy) risklarini o‘z ichiga oladi. Risklarni baholashda Value at Risk (VaR), Sharpe va Beta koeffitsientlari qo‘llaniladi, xalqaro tajribada esa Basel II va Basel III standartlari asosiy mezon sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, siyosiy beqarorlik, bozor o‘zgaruvchanligi va operatsion muammolar eng ta’sirchan risk omillari hisoblanadi. So‘nggi yillarda fintech, raqamli platformalar va kriptoaktivlar rivoji yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda yangi xavflarni ham keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonda esa G‘aznachilik tizimi investitsion loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilishda muhim rol o‘ynaydi. 2020–2024-yillardagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tizimning raqamlashtirilishi va shaffofligi oshgani kuzatilgan bo‘lsa-da, likvidlikni boshqarish, loyihalarning kechikishi va normativ muvofiqlikda muammolar saqlanib qolmoqda. Xulosa o‘rnida, investitsion risklarni diversifikatsiya, ichki nazoratni kuchaytirish va raqamli boshqaruv vositalarini kengaytirish orqali kamaytirish zarur.

Author Biography

  • Toshev Kamoliddin Akramovich

    Bank moliya akademiyasi magistranti

Published

2025-09-15