“MAXSUS EHTIYOJLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA O‘QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI VA SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH.”
Keywords:
Maxsus ehtiyojli bolalar, inklyuziv ta’lim, o‘qituvchilar malakasini oshirish, kasbiy kompetensiya, metodik ta’minot, pedagogik texnologiyalar, ta’lim samaradorligi, psixologik-pedagogik yondashuv, innovatsion metodlar, individual yondashuv, reabilitatsiya jarayoni, ijtimoiy moslashuv, kasbiy rivojlanish, pedagogik tajriba, ilmiy asoslangan yondashuv.Abstract
Mazkur maqola maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda o‘qituvchilar malakasini oshirishning ilmiy asoslari hamda uning samaradorligini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida o‘qituvchilarning maxsus ehtiyojli bolalar bilan pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda zamonaviy psixologik, pedagogik va didaktik yondashuvlarning roli o‘rganiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarni malaka oshirish jarayonidagi samaradorlikni baholash uchun sifat va miqdoriy indikatorlar, xususan, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasi, o‘quv jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi. Maqolada maxsus ehtiyojli bolalar ta’limida o‘qituvchilar malakasini oshirishda qo‘llanilayotgan metodikalar, treninglar, seminarlar, hamda innovatsion o‘quv dasturlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, doimiy professional rivojlanish tizimining ahamiyati, uning o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishdagi roli va natijalari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot maxsus ehtiyojli bolalarga samarali ta’lim berishda o‘qituvchilar malakasini oshirish strategiyalarini yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.Downloads
Published
2025-09-17
Issue
Section
Articles