QUMLI GRUNTLARNING QARSHILIGIGA TEBRANMA HARAKATNING TASIRI

Authors

  • Kayumov Abdubaki Djalilovich Author
  • Ro‘ziyev Islom Ilhom o‘g‘li Author

Keywords:

bino va inshootlar, qumli gruntlar, tebranma harakatlar, grunt tuzilishi, ichki ishqalanish burchagi, hisobiy qarshilik, tebranma kuch.

Abstract

O‘zbekiston Respublikasining qumli gruntlar keng tarqalgan hududlarida bino va inshootlar qurilishi muhim geotexnik masalalardan biri hisoblanadi. Bunday gruntlar ko‘pincha mustahkamligi past bo‘lgan, suv ta’sirida yoki tashqi kuchlar ostida fizik-mexanik xossalari o‘zgaruvchan muhit sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, zilzilaviy faolligi yuqori bo‘lgan zonalarda yoki texnogen tebranishlarga uchragan hududlarda qumli gruntlarning barqarorligiga bo‘lgan ehtiyot choralarini oldindan ko‘rish zaruriy hisoblanadi. Ushbu maqolada qumli gruntlarga tebranma (dinamik) kuchlar ta’sir etganda ularning mustahkamlik xususiyatlari va deformatsion holatining o‘zgarishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida turli fraksiyadagi qum namunalari ustida laboratoriya va hisoblash tajribalari o‘tkazilib, tebranma yuklama ostida gruntning zichlashuvi, siljishga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati, shuningdek, suyuqlanish (likvafaktsiya) holatiga kelish ehtimoli baholandi.

Author Biographies

  • Kayumov Abdubaki Djalilovich

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori,t.f.d., prof

  • Ro‘ziyev Islom Ilhom o‘g‘li

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, doktarant

Published

2025-10-08