YAPON TILIDAGI KO‘MAKCHI FE’LLARNING SEMANTIK GURUHLANISHI

Authors

  • Egamova Kamola Author

Keywords:

ko’makchi fe’l, aspekt, modal, ravishdosh, benefaktiv

Abstract

Yapon tilining sintaktik va semantik tizimida yordamchi fe’llar (ko‘makchi fe’llar) alohida ahamiyatga ega. Ular asosiy fe’llar bilan birgalikda ishlatilib, fe’l shakllarini kengaytirish, ma’noni aniqlashtirish va grammatik munosabatlarni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘makchi fe’llar yordamida vaqt, holat, istak, imkoniyat, rasmiylik darajasi kabi ko‘plab aspektlar va modifikatsiyalar aniq va samarali ifodalanadi. Shuning uchun yapon tilida to‘g‘ri va mazmunli nutqni shakllantirishda yordamchi fe’llarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu tezisda yapon tilidagi yordamchi fe’llarning umumiy tushunchasi, ularning turlari va lingvistik ahamiyati ko‘rib chiqiladi

Published

2025-10-09