AXBOROT XURUJLARINING SHAXS PSIXOLOGIK BARQARORLIGIGA TA’SIRI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI
Keywords:
: stress boshqaruvi, axborot madaniyati, psixologik himoya strategiyalari, ijtimoiy barqarorlik, axborot xavfsizligiAbstract
Zamonaviy axborot makonida axborotning noto‘g‘ri, manipulyativ va salbiy ta’sir ko‘rsatishi insonlarning ruhiy holati va ijtimoiy barqarorlikka tahdid solmoqda. Maqolada axborot tahdidlarining psixologik mexanizmlari, ularning shaxs va jamiyatga ta’siri, shuningdek, psixologik barqarorlikni saqlash va kuchaytirish bo‘yicha samarali profilaktika usullari yoritiladi. Shuningdek, ma’lumotlarning tanqisligi va manipulyatsiyadan himoya qilish uchun axborot madaniyatini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, stressni boshqarish va psixologik himoya mexanizmlari o‘rganiladi. Mazkur yondashuvlar destruktiv axborotga qarshi kurashda shaxs va jamiyat darajasida salbiy ta’sirlarni kamaytirish va barqaror muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
							