VIKTOR FRANKLNING PSIXOLOGIK QARASHLARI: EKZISTENSIAL TAHLIL VA LOGOTERAPIYA NAZARIYASI
Keywords:
Viktor Frankl, logoterapiya, ekzistensial tahlil, hayot ma’nosi, ekzistensial vakuum, ruhiy barqarorlik, motivatsiya, erkinlik, mas’uliyat, inson psixologiyasiAbstract
Mazkur maqolada XX asrning mashhur avstriyalik psixiatri va psixologi Viktor Emil Franklning inson psixikasini tushuntirishga doir nazariy qarashlari, xususan, ekzistensial tahlil va logoterapiya konsepsiyalari tahlil qilinadi. Franklning inson hayotidagi ma’no izlash g‘oyasi, erkinlik va mas’uliyat tushunchalariga bergan talqinlari zamonaviy psixologiyada chuqur ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda logoterapiya nazariyasining asosiy tamoyillari — “hayot ma’nosi”, “ruhiy bo‘shliq (egzistensial vakuum)”, “insonning ma’noga yo‘naltirilgan motivatsiyasi” kabi konseptlar psixologik nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, Franklning nazariyasi Z. Freydning psixoanalizi va A. Adlerning individual psixologiyasi bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, insonning ruhiy barqarorligi, stress va umidsizlik holatlarida ma’no topish mexanizmlari tahlil etiladi. Maqola natijalari psixoterapiya, shaxs rivoji va hayot falsafasini o‘rganishda amaliy ahamiyatga ega
 
							