SUD-BIOLOGIYA EKSPERTIZASIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI
Keywords:
Sud-biologiya ekspertizasi, DNK tahlili, biologik dalillar, identifikatsiya, kriminalistika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, laboratoriya tahliliAbstract
Ushbu ilmiy ishda sud-biologiya ekspertizasi sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritilgan. Hozirgi davrda jinoyatlarni ochishda biologik dalillar qon, soch, ter, DNK namunalarining ahamiyati keskin ortib bormoqda. Biroq ekspertizalarda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, namunalarni saqlash, identifikatsiya qilish hamda ma’lumotlarni tahlil qilishda bir qator amaliy va tashkiliy muammolar mavjud. Tezisda aynan DNK tahlil jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar, laboratoriya uskunalarining yetishmasligi, ma’lumotlar bazalarining moslashuvchan emasligi kabi masalalar amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida biologik dalillarni avtomatik aniqlash va tahlil qilish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sud-biologiya ekspertizalarining aniqligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi
 
							