PUL-KREDIT SIYOSATINING TURIZM XIZMATLARI SEKTORINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI

Authors

  • Rizoviddinova Aziza Bekzodbek qizi Author

Keywords:

Pul-kredit siyosati, turizm sektori, xizmatlar sohasi, iqtisodiy o‘sish, monetar siyosat, inflyatsiya, foiz stavkalari, milliy valuta, markaziy bank, investitsiyalar, turistik infratuzilma, iqtisodiy barqarorlik, kreditlash, valyuta kursi

Abstract

Ushbu tezisda pul-kredit siyosatining turizm xizmatlari sektorini rivojlantirishga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Pul-kredit siyosati mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim vosita sifatida qaraladi. Ayniqsa, xizmatlar sohasi, jumladan turizm tarmog‘ining rivojlanishida monetar siyosat choralari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tezisda Markaziy bankning foiz stavkalari, kredit hajmlari, milliy valyuta kursi va pul massasi orqali turizm xizmatlari bozoriga ta’siri iqtisodiy tahlil asosida o‘rganilgan. Shuningdek, turizmni moliyalashtirish jarayonida tijorat banklarining roli, kreditlash mexanizmlarining samaradorligi va turizm loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdagi mavjud imkoniyatlar yoritilgan. Tadqiqotda turizm sektorida investitsion muhitni yaxshilash uchun pul-kredit siyosatini optimallashtirish zarurligi, inflyatsiyani barqaror darajada ushlab turish va foiz siyosatini muvozanatli yuritishning iqtisodiy ahamiyati ta’kidlangan. O‘zbekiston misolida turizmni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari bilan Markaziy bank siyosatining o‘zaro uyg‘unlashuvi tahlil qilinib, ularning milliy iqtisodiyotdagi sinergetik ta’siri asoslab berilgan

Author Biography

Published

2025-10-11